Toshkentda noodatiy yo‘l belgisi o‘rnatildi

Yashnaobod tumanidagi 166-son umumta’lim maktabning yonida haydovchilar uchun noodatiy yo‘l belgisi sinov tariqasida o‘rnatildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 sen - Sputnik. Toshkentning Yashnaobod tumanidagi 166-son umumta’lim maktabning yonida haydovchilar uchun noodatiy yo‘l belgisi sinov tariqasida o‘rnatildi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ushbu belgi haydovchilarni e’tiborli, ehtiyot va ogoh bo‘lishga, o‘qish kunlarida soat 7:30 dan 18:00 gacha tezlikni 30 km/s gacha tushirishga chaqiradi. Belgi “Maktab!” deb nomlangan.

“Ushbu yondashuv haydovchilarni mas’uliyatliroq bo‘lishlarida muhim o‘rin tutadi, degan umiddamiz”,  - deyiladi idora xabarida.