Qo‘pol haydovchi Rosgvardiyaning eng go‘zal xodimiga hujum qildi - video

Yekateringburg shahrida “Rosgvardiya go‘zali” Anna Xramsovaga hujum qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Yekateringburgda beadab haydovchi “Rosgvardiya go‘zali” tanlov g‘olibi Anna Xramsovaga hujum qildi.  

Bu haqda Xramsova Instagram sahifasida video joylashtirdi.

Hodisa seshanba kuni sodir bo‘ldi. Xramsovaning so‘zlariga ko‘ra, u qizi bilan “Megapolis” savdo markazidan chiqayotgan bo‘lgan va avtomashinasini topish uchun piyodalar yo‘lagidan yurgan.

Ular orqasidan oq rangli mashina harakatlangan edi. Haydovchi unga yo‘l berilishini talab qilib, signal bergan. Keyinchalik ular ustiga “haydagan”.

Kuzatuv kameralar tasvirga olgan videoda oq mashina ayolga tegib o‘tgani, buning natijasida mashina yon oyna singanini ko‘rish mumkin.

Keyinchalik haydovchi mashinadan chiqib, ayolni haqorat qiladi. Xramsova qizi bilan mashinasida qulflanib olishga majbur bo‘ladi.  

Eslatib o‘tamiz, shu yil aprelda politsiya praporshiki Anna Xramsova “Rosgvardiya go‘zali” foto tanlovida g‘olib bo‘lgandi. U 57 mingdan ortiq kishining ovozini to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.