Eronda 11 yoshli qizchani turmushga berishdi: shov-shuvli nikoh nima bilan tugadi

Eron Kohgiluya sudi katta yoshli erkak va yosh qizcha o‘rtasida tuzilgan nikohni bekor qildi.
Sputnik

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Eronning Kohgiluya va Boyir-Ahmad viloyati sudi ijtimoiy tarmoqlarda to‘y videosi tarqalgan katta yoshli erkak va yosh qizcha o‘rtasida tuzilgan nikohni bekor qildi.

Bu nikoh haqida eronlik jurnalist Masix Alinejad ma’lum qildi. Jurnalist ushbu to‘yda bo‘lib, Twitter’da video yozuvni joylashtirdi. 

Jurnalist qizlarni 13 yoshida turmushga chiqishiga imkon beradigan qonunlarni qoraladi. Voyaga yetmaganlarga to‘y libosini tanlash huquqi berilmaydi, ota-onalar ular o‘rniga buni qiladi.

Bundan tashqari, kuyovning yoshi 22 da, qiz esa atigi 11 yoshda ekanligi ma’lum bo‘ldi. Internet foydalanuvchilari bu holatni pedofiliya va bolalarga nisbatan zo‘rovonlik deb atashdi.

Koxgiluye provinsiyasi sudya qizning yoshi sabab kelishuvni nomaqbul deb topdi va nikohni bekor qildi. Qizning ota-onasi yana ikki yil, farzandi 13 yoshga to‘lishini kutadigan bo‘ldi.