Chaplin shogirdlari – bolalar arava o‘g‘irlashi kulguga sabab bo‘ldi

Ikki yosh bola qurilish maydonchasidan aravachani qanday o‘g‘irlagani haqidagi kulguli video internetda xitga aylandi.
Sputnik

TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida ikki yosh bola aravacha o‘g‘irlagani aks etgan video internetda xitga aylandi, bu haqida “Rossiya 24” telekanali xabar qilmoqda.

Qurilish maydonchasida o‘rnatilgan videokamera yosh bolalar aravachani baland darvoza ustidan olib o‘tishini suratga olgan.Aravachani olib o‘tish uchun bolakaylar turli choralarni qo‘llab ko‘rishadi: dastlab o‘z kuchlari bilan ko‘tarib o‘tishga, keyin ikkita skameykani ustma-ust qo‘yib va eng so‘ngida stol va narvon yordamida aravachani olib o‘tishadi.

Ushbu o‘g‘irlik jarayonida bolakaylar bir necha marotaba qulab tushishadi va jarohat olishadi. Ko‘pchillik foydalanuvchilar bu holatni Charli Chaplin filmlariga  o‘xshatgan.  Rejisserlar esa unga mos keladigan musiqa qo‘shishgan. Natijada, videoni tomosha qilgan kishi o‘g‘irlik qilgan bolakaylarga biroz rahmi keladi.

Ha aytimoqchi, ulardan birii devor ortida o‘z rukzakini unutib qoldirgan. 3-sentabr kuni Rossiya 24 telekanali tomonidan joylashtirlgan videoni bir kunda 2,5 million marta ko‘rilgan.