Samarqandda avtobus va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyati Jomboy tumanida ichida avtobusda 31 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus bilan MAN rusumli yuk avtomashinasini to‘qnashib ketdi. Yo‘ylovchilardan 22 nafari turli darajadagi tan jarohati olgan.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. Bugun, 3-sentabr kuni Samarqand  viloyati  Jomboy  tuman Beshbola qishlog‘i xududida  ISUZI rusumli avtobus bilan  MAN rusumli yuk avtomashinasini  to‘qnashishi yuz bergan.

Sog‘liqni saqlash vaziri xabariga ko‘ra, avtobusda 31 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning 22 nafari  turli darajadagi tan jarohati olgan. 1 nafar yo‘lovchi  voqea joyida vafot etgan. Tez tibbiy yordam birigadasi voqea joyiga 5 daqiqada  yetib borgan. Jami 8 ta tez tibbiy yordam brigadasi ko‘magida  jarohatlanganlarning barchasi tezkor ravishda Jomboy tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Buxoroda Tojikiston fuqarolari mingan mikroavtobus YTHga uchradi

Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bemorlarga o‘z vaqtida tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida sanitar aviatsiya xizmati orqali neyroxirurg, xirurg, travmatolog  kabi qator tajribali mutaxassislar safarbar etilgan.

Ayni paytda yo‘l-transport hodisasi natijasida  jarohatlanganlarning 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining  Samarqand filialiga  davolanish uchun ko‘chirilgan, 3 nafar bemorga Jomboy tuman tibbiyot birlashmasida, 13 nafar bemorga esa  ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Hozirda SSV tomonidan  halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor va sifatli  tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi.