O‘zbekistonga qurol olib kirishga uringan xorijiy fuqaro to‘xtatib qolindi

Surxondaryo viloyati “Sariosiyo” chegara postida “folksvagen” avtomashinasida olib o‘tilayotgan qurol to‘xtatib qolindi.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Surxondaryo viloyati  “Sariosiyo” chegara postida “folksvagen” avtomashinasida olib o‘tilayotgan qurol to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi Bojxona kodeksi – bu O‘zbekistonning YeOIIga kirish yo‘lidagi qadamidir - Alisenov

Xabarda aytilishicha, qo‘shni davlatdan o‘zining “Folksvagen Djetta” rusumli yengil avtomashinasida kirib kelgan xorijiy davlat fuqarosi Yu.A.  belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida, ushbu shaxsning avtomashinasida bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan pnevmatik to‘pponcha, 5 dona gaz balloni va 630 dona po‘lat o‘qlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.