TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Rosstat ma’lumotlariga asosan o‘tgan yili Rossiya ayollarining 53,2 foizi ish bilan ta’minlangan.
Mamlakatda 15 yoshdan va undan yuqori aholining 59,8 foizi ishlaydi. Shunda 67,8 foizi erkaklarni tashkil qiladi.
“Statistikani qator sabablari bilan izohlash mumkin: birinchidan, iqtisodiy faoliyatning pasayishi oqibatida ayollar qisqartirishlarga birinchi bo‘lib tushadi”, - deb tushuntirdi Oliy maktab korporativ boshqaruv (RANXiGS) kafedrasi professori Yelena Yaxontova.
Bundan tashqari, soyadagi iqtisodiyotning o‘sishi va xodimlarni yollashda shaffoflikning yo‘qligi ham ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
“Uchinchidan, ayollarning kasb mahorati darajasi past, ularning iste’dodi zamonaviy bozorda kam talabga ega. Umid qilamanki, bu statistikaga ma’lum darajada hukumat tomonidan tug‘ishni rag‘batlantirish choralari ta’sir ko‘rsatdi: yosh ayollarning ma’lum qismi oilaga va bolalarga qarashga qaratilgan”, - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya statistika idorasi 2036-yilda erkaklar yetishmovchiligi boshlanishi haqida xabar qilingandi. Alkogolli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilishi asosi sabab sifatida keltirilgan.