Poroshenko yangi ish topdi

Sobiq prezident Ukraina Oliy radasida yangi ish topdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen - Sputnik. Ukraina Oliy radasida Ukrainaning sobiq prezidenti Petr Poroshenkoga yangi ish topildi.

Ukraina parlamenti saytida ma’lum qilinishicha, endilikda Poroshenko Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan integratsiya bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. U Oliy radaning Yevropa ittifoqi bilan integratsiya masalalari bo‘yicha qo‘mitasi tarkibiga kiritilgan.   

Panamada Poroshenkoga qarshi yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Sobiq prezident Ukrainaning YeI bilan integratsiya masalalari bilan shug‘ullanadi.

29 avgust kuni Oliy Rada to‘qqizinchi chaqirig‘i ish boshlagan edi. Parlament tarkibi 21-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovlar natijasida aniqlandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning “Xalq xizmatkori” partiyasi 43,16 foiz, Yuriy Boykoning “Muxolifat platformasi – hayot uchun” partiyasi 13,05 foiz, Yuliya Timoshenkoning “Batkivshina” partiyasi 8,18 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Potr Poroshenko rahbarlik qiluvchi “Yevropa birdamligi” partiyasi 8,1 foiz ovoz oldi.