Pasport o‘g‘irlangan holda nima qilish kerak?

Pasport o‘g‘irlangan holda fuqaro qayerga murojaat qiladi va kimlar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi?
Sputnik

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Pasport o‘g‘irlangan holda fuqaro bu haqda ariza bilan jinoyat sodir etilgan joydagi yoki fuqaroning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organiga murojaat qiladi, deya eslatma bilan chiqdi Adliya vazirligi.

Bunday ariza qabul qilingani haqida fuqaroga ma’lumotnoma beriladi va u ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

Jazoni ijro etish muassasasida jazoni o‘tab chiqqan va tabiiy ofatlar oqibatida pasporti yo‘qolgani to‘g‘risida ariza bilan murojaat etgan va ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etgan shaxslar ham ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.