Namanganda Mustaqillik oqshomida 1150ta mushak otildi  

Namanganda Mustaqillik bayrami sharafiga tashkil qilingan mushakbozlikni tomosha qilish uchun 100 ming aholi to‘plandi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Mustaqillik bayrami munosabati bilan Namangan shahrida tantanalarning “yorqin tomoshasi” – katta bayram mushakbozligi uyushtirildi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

Namanganda Mustaqillik oqshomida 1150ta mushak otildi  

Viloyat hokimligi tomonidan Istiqlol bayrami sharafigatashkil etilgan mushakbozlikni tomosha qilish uchun “Afsonalar vodiysi” bog‘ida soat 21:00 da yuz mingdan ziyod hamurtlarimiz yig‘ilishdi.

Namanganda Mustaqillik oqshomida 1150ta mushak otildi  

Bayram shukuhini, xalqning jo‘shqin va xurram kayfiyatini yanada orttirgan mushakbozlik, davom etayotgan Mustaqillik bayrami tantanalarining bir bo‘lagiga aylandi.

Namanganda Mustaqillik oqshomida 1150ta mushak otildi  

Bayram munosabati bilan ketma ket zalplar bilan turfa ranglardagi 1150 ta mushak otildi. Eng kuchli salyut esa balandligi 300 metrdan oshdi. Yig‘ilganlar bunday zavqli bayram tuhfasi uchun viloyat hokimligiga o‘z tashakkurlarini qarsaklar bilan izhor qildilar, - deyilgan xabarda.

Namanganda Mustaqillik oqshomida 1150ta mushak otildi