Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, mamlakatning birinchi prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni vafot etgan edi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra har yili bu sana Xotira kuni sifatida yod etilmoqda.

Ushbu marosim ham davlat va jamoatchilikning Islom Karimovga hurmati ifodasi bo‘ldi.

Qur’on tilovat qilindi. Islom Karimovning hayoti va faoliyati, orzu-istaklari, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashdagi xizmatlari yodga olindi.

Gul qo‘yish marosimida parlament va hukumat a’zolari, fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi. 

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.