Dmitriy Medvedev Abdulla Aripovni tabrikladi

Medvedev Aripovni Mustaqillik kuni bilan tabriklab, Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari ildam rivojlanib borayotganini qayd etdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev o‘zbekistonlik hamkasabasi Abdulla Aripovni  Mustaqillik kuni bilan tabrikladi, RIA Novosti xabariga asosan. 

O‘z tabrigida Medvedev Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarining keng ko‘lami va ildam rivojlanib borayotganini qayd etdi.

“Rossiya va O‘zbekistonning do‘stona va hamkorlik munosabatlari  turli yo‘nalishlar bo‘yicha ildam rivojlanib bormoqda. Ayniqsa savdo-iqtisodiy hamda investitsion munosabatlar energetika, sanoat, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, fan va madaniyatda yirik loyihalarni hayotga tadbiq etmoqda”, - deyilgan Medvedev tabriknomasida.

Undan tashqari, Medvedev ikki davlat hukumatlararo komissiyasining faoliyati amaliy hamkorlikning rivojlanishi hamda yangi istiqbolli loyihalarni boshlash uchun qulay sharoit yaratishiga ishonch bildirdi.