Bokschilar O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklashdi

Ayni damda xorijiy mamlakatlarda shug‘ullanayotgan bir guruh bokschilar O‘zbekiston xalqini Mustaqillikning 28-yilligi bilan tabriklashdi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschilar Mustaqillik kuni bilan barchani tabriklashdi. Ushbu haqidagi videomurojaatlar Komron Imron nikli foydalanuvchi tomonidan Youtubeda joylashtirildi.

“Aziz yurtdoshlar barchangizni Mustaqilligimizning 28-yilligi bilan chin qalbimizlan tabriklaymiz”, - deyishgan ayni damda Amerikada shug‘ullanayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev, Hasanboy Dusmatov va boshqa bokschilar.

Shuningdek, Shahram G‘iyosov va Bahodir Jalolovlar ham o‘z tabriklarini yo‘llashgan.