Shomurodov "Lokomotiv" darvozasiga dubl kiritib RPLning yetakchi hujumchisiga aylandi

Rossiya premyer ligasining eng yaxshi hujumchisi bo‘lishni istayman, dedi Eldor Shomurodov “Lokomotiv” ustidan qozongan g‘alabadan so‘ng.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Kecha Rossiya Premyer ligasining eng muhim o‘yinlaridan biri bo‘lib o‘tdi. Unda “Lokomotiv” va “Rostov” jamoalari uchrashishdi. “Lokomotiv” o‘y stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin sezonning eng qiziq o‘yinlaridan bo‘ldi.

O‘zbekistonlik legioner Eldor Shomurodov 41 va 52 daqiqalarda raqib darvozasiga ikkita gol urib, ushbu o‘yinning haqiqiy yulduziga aylandi. 

“Birinchi 30 daqiqa juda katta bosim ostida o‘tdi. Ushbu o‘yin uchun 6 ochko berilgani tufayli, ikkala jamoa ham astoyidil harakat qilishdi. Yarim soatlardan so‘ng bizning jamoa o‘ziga ishonch his qila boshladi va natijaga erishdi.

Men hujumchilar poygasini kuzatib bormoqdaman. Albatta eng yaxshi hujumchi bo‘lishni istayman va jamoaga ochko to‘plashga yordam berishni”, - dedi Shomurodov o‘yindan so‘ng.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Eldor Shomurodov ushbu mavsumda 7ta gol urib RPLning yetakchi hujumchisiga aylandi.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi 2019-yilning may oyida “Rostov” jamoasi bilan 3-yillik transfer shartnomasi imzolagan edi. OAV ma’lumotiga ko‘ra shartnomasi bahosi 1 million Yevro.