“Sharq taronalari” g‘olibi aniqlandi, bosh sovrin – O‘zbekistonda! 

“Sharq taronalari” festivalida O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi talabasi Gran pri sohibi bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 1 sen – Sputnik. “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali g‘oliblari ma’lum bo‘ldi, Gran Pri – O‘zbekistonda, deb xabar qilmoqda Samarqandning “Zarafshon” nashri.

Tojikistonning “Badaxshon” va Rossiyaning “Ayarxan” musiqiy jamoalari hamda O‘zbekiston vakillari – Azizjon Abduazimov va Ulug‘bek Elmurodzoda uchinchi o‘rinni egallab, festivalning uchinchi darajali diplomlari, 2 ming AQSh dollaridan pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Sharq taronalari” g‘olibi aniqlandi, bosh sovrin – O‘zbekistonda! 

Turkmanistonning “Archabil” va Mo‘g‘ulistonning “Xatan” jamoalari sazovor bo‘ldi – ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi. Ularga 3,5 ming AQSh dollaridan pul mukofoti, diplom va boshqa sovg‘alar topshirildi.

“Sharq taronalari” g‘olibi aniqlandi, bosh sovrin – O‘zbekistonda! 

Birinchi o‘rin sohiblari – Qirg‘izistonning “Qomuzchilar” dueti hamda Ozarbayjondan kelgan Parviz Gasimov bo‘ldi. Ularning har biri 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri O‘zbekiston vakili Mehrinigor Abdurashidovaga berildi. Shuningdek g‘olibga - 10 ming AQSh dollari, diplom va esdalik sovg‘alar ham berildi.