Shavkat Mirziyoyev Tashkent Cityni borib ko‘rdi

Aytilishicha, prezident majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini yuqori baholab, bu obyektlar ishga tushganda xizmat turlarini ko‘paytirishga e’tibor qaratish, xalqning bu yerga kelib mazmunli dam olishi uchun qulayliklar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar bergan.
Sputnik

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Tashkent City ga yana bir bor kelib, kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona, hududdagi obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot-xizmati xabar bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev Tashkent Cityni borib ko‘rdi

Kongress-xoll binosi ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning markazida katta va kichik zallarga transformatsiya bo‘ladigan 4 ming o‘rinli xoll mavjud. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida 8 ta delegatsiyani qabul qilish imkoniyatiga ega qo‘shimcha zallar ham bor.  

21 qavatli besh yulduzli mehmonxonaning qurilish ishlari ham jadal sur’atlarda davom etmoqda. "Hilton" brendi ostida faoliyat yuritadigan bu otelda 258 ta xona bo‘ladi. Bundan tashqari, 3 ta restoran, banketlar zali hamda 6 ta majlislar zali mavjud.

Shavkat Mirziyoyev Tashkent Cityni borib ko‘rdi

Bugungi kunda kongress-xoll va mehmonxona qad ko‘tarib bo‘lgan. Ichki pardozlash, elektr tarmoqlari tortish, dekorativ panellarni montaj qilish ishlari yakunlanmoqda. Muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini o‘rnatish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bog‘da manzarali daraxtlar ekilgan, musiqali favvora barpo etilgan.