O‘zbekiston nufuzli mukofotni qo‘lga kiritishi uchun ovoz berish mumkin

Mazkur mukofotni qo‘lga kiritish xalqaro turizm olamida juda katta nufuzga ega.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Armaniston, Tayvan, Ummon, Ruminiya hamda O‘zbekiston “National Geographic Traveler Awards 2019” tanlovining “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

“National Geographic” jurnalining Rossiyadagi versiyasiga ko‘ra, joriy yilda eng yaxshilar 24 nominatsiya bo‘yicha saralanmoqda. Mazkur mukofotni qo‘lga kiritish xalqaro turizm olamida juda katta nufuzga ega.

Shavkat Mirziyoyev “Turizm to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

“Yil kashfiyoti” nominatsiyasida O‘zbekiston hozircha 22 foiz ovoz olib, 43 foiz ovozga ega Armanistondan keyin ikkinchi o‘rinda kelmoqda.

O‘zbekiston nufuzli mukofotni qo‘lga kiritishi uchun ovoz berish mumkin

Ovoz berish jarayoni 12-oktabrga qadar davom etadi. O‘zbekiston turizmining jahon sahnida yuksalishiga o‘z hissangizni qo‘shishingiz va uning “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida g‘olib bo‘lishi uchun quyidagi havola orqali ovoz berishingiz mumkin.

Ura hayqiriqlari ostida yo‘qolgan Iskandariya butun dunyoga taqdim etildi

Eslatib o‘tamiz, “National Geographic Traveler Awards” ning o‘tgan yilgi tanlovida O‘zbekiston “Gastronomik turizm” yo‘nalishida g‘olib sifatida e’tirof etilgan edi.