Svetov: Trampning Polshaga borishdan voz kechgani - buringa chertishdir

Siyosatshunos va jurnalist Yuriy Svetov Donald Trampning tashrifdan voz kechishi Polsha va Yevropa uchun nimani anglatishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi
Sputnik

AQSh prezidenti Donald Tramp kelayotgan dam olish kunlarida Polshaga rejalashtirilgan tashrifini bekor qilganini e’lon qildi.

Amerika yetakchisi Ikkinchi jahon urushi boshlanishi sanasiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilayotgan edi. Endi Tramp o‘rniga Polshaga vitse-prezident Mayk Pens boradi.

Svetov: Trampning Polshaga borishdan voz kechgani - buringa chertishdir

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Varshavada o‘tkaziladigan tadbirni, aynan Tramp uchun tashkillashtirishgan edi, aynan AQSh yetakchisi Polshani Yevropadagi Shtatlarning bosh elchisi va vakili etib tayinlashi kerak edi.

"Va xuddi shu paytda ularning burniga bu tarzda chertishdi", - deya sarkazm qiladi ekspert.

Polsha o‘zini Ikkinchi jahon urushining asosiy qurboni sifatida ko‘rishni istaydi. Uning jafokashligi hech kimnikiga teng kelolmaydi, hamma buni yodda tutmog‘i, qadrlamog‘i lozim, Polsha esa barchasini baholash bilan shug‘ullanadi, deb davom etadi Yuriy Svetov.

Ekspert ta’kidiga ko‘ra, bugungi kunda Polsha nigohida Germaniya "bir oz aybdor", SSSR va Rossiyaning uning oldidagi aybi esa "boshdan oshib yotibdi". Va bu yerda nimagadir, Polshaning Chexoslovakiya bo‘linishidagi ishtiroki, xususan, u Teshin viloyatini o‘ziniki qilib olganligi umuman yodga olinmaydi.