Suzish bo‘yicha jahon chempioni Rossiyaning eng chuqur darosida cho‘kib ketdi

Sovuq suvda suzish bo‘yicha chempion va rekordchi Nikolay Petshak Yenisey darosida cho‘kib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Sovuq suvda suzish bo‘yicha chempion va rekordchi Nikolay Petshak Yenisey darosida cho‘kib ketdi. Bu haqda RIA Novosti-sport xabar qildi.

Cho‘kib ketgan qirg‘iz chegarachining jasadi O‘zbekistonda topildi

Ta’kidlanishicha, baxtsiz hodisa o‘quv mashg‘ulot vaqtida yuz berdi.

Petshak 64 yoshda edi, 40-yildan ortiq vaqt sovuq suvda suzish sporti bilan shug‘ullangan. 1994-yilda sovuq suvda bo‘lish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. 2012-yilda sovuq suvda suzish bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.

Petshak 2013-yil Krasnoyarskda olimpiya olovi estafetasida ishtirok etdi. Shu yilning avgustida Rossiya davlat bayrog‘iga bag‘ishlangan suzish estafetasida qatnashdi.