Suriyada o‘ta jirkanch jallod-terrorchi qo‘lga olindi - OAV

Suriyada “Rakkadan jallod” laqabini olgan belgiyalik Anuara Xaddushini qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg – Sputnik. Suriyalik kurdlar IShID*ning eng jirkanch jangrilardan biri, “Rakkadan jallod” laqabini olgan belgiyalik Anuara Xaddushini qo‘lga oldi. RIA Novosti xabariga asosan.

AQSh va Tolibon yaqin kunlarda tinchlik shartnomasini imzolaydi

Ta’kidlanishicha, terrorchida yana Abu Sulaymon al-Belgiy ismi ham bo‘lgan. U IShIDning nazorati ostida bo‘lgan vaqtda Rakka shahrida 100 kishini qatl qilishda gumonlanmoqda. 

“Terrorchi rafiqasi Juli Mayes bilan kurd kuchlari tomonidan qo‘lga olindi va hozirgi vaqtda “Suriya demokratik kuchlari”ga tegishli bo‘lgan qamoqxonada saqlanmoqda”, - deb ma’lum qildi De Morgen nashri.

Shu bilan birga Belgiyaning federal prokuraturasi bu jangarini Parij va Brusellda sodir etilgan teraktlarni moliyalashtirishda gumon qilmoqda.

Hozircha terrorchi Suriyaning o‘zida, Belgiya yoki Fransiyada sud qilishini hozircha noma’lum.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot