Rossiya kompaniyasi reklamasida ilk bor hijobli model suratga tushdi

Ilk bor hijobli model Rossiya do‘konlari tarmog‘ini reklama qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Rossiyaning Gloria Geans kompaniyasi ilk bor o‘zining reklamasida suratga tushish uchun hijobli modelni jalb etdi.

Gloria Geans Rossiyadagi yirik kiyim-kechak sotuvchi do‘konlardan biri sanaladi va u o‘zining mahsulotlarini reklama qilishda hijobli modelni jalb etgan birinchi yirik kompaniya bo‘ldi.

YouTube᾽da boshqa modellar bilan birga hijob o‘ragan qiz tushgan rolik paydo bo‘ldi. Qolaversa, kompaniyaning Instagram sahifasida hijobli modelning surati joylashtirildi.

“Seni yoshing, jinsing, ranging, dining, dunyo qarashingdan qat’i nazar har doim ko‘rishdan mamnunmiz. Barchaga tinchlik tilaymiz!”, - deya surat tagiga yozib qo‘yilgan.