Namangandagi ayanchli YTH oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Yo‘lga ag‘darilib ketgan “Damas”ga 24 yoshli fuqaro boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasi kelib urilgan.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Namangandagi ayanchli YTH oqibatida 3 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Qozog‘istondagi YTH 2 nafar o‘zbekistonlik ayolning umriga zomin bo‘ldi

IIV xabariga ko‘ra, 29-avgust kuni Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani yashagan 52 yoshli A.A. “Damas” rusumli avtomashinasini “Tegirmon” MFY hududidan o‘tuvchi “Uchqo‘rg‘on-Xaqulobod” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmagan. Natijada yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ag‘darilgan. Shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Andijon viloyatida yashovchi 24 yoshli S.M. boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasi “Damas”ga kelib urilgan.

“Natijada “Damas” avtomashinasi haydovchisi A.A. jarohat olib voqea joyida, uning ikki nafar yo‘lovchilari esa kasalxonaga olib kelinganida vafot etgan”, - deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.