Jirinovskiy Moskvada shaurma sotishni taqiqlashni taklif qildi

LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Moskvada shaurma sotishni taqiqlash taklifini bildirdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg – Sputnik. LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Moskvada Rospotrebnazor tomonidan ko‘plab qoidabuzarliklar aniqlangandan so‘ng shaurma sotishni taqiqlash taklifini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Zelenskiy siyosatchilarga shaurma yeyishni tavsiya qildi

Rospotrebnadzorning Moskva bo‘yicha boshqarmasi shaurma sotadigan korxonalarining 98 foizida sanitariya qoidalari buzilishini aniqladi. Tekshiruv uchun asos - shaurmadan zaharlanish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ko‘p sonli qoidabuzarliklar to‘g‘risida kelib tushgan shikoyatlar bo‘lgan.

Shaurma va sotish bilan shug‘ullanadigan jami 66 ta korxonalari tekshirildi. Laboratoriya tekshiruvlari amalga oshirilishi natijasida 65 ta korxonada qoidabuzarliklar aniqlandi.

“Buning ajablanarli joyi yo‘q. Bunday do‘konlarda ko‘pincha tasodifiy odamlar ishlaydi, qo‘lni yuvish va oshxonani toza saqlash uchun hech qanday sharoit yo‘q. Shuning uchun ularni nazorat qilishga urinish befoyda, poytaxtda zaharlanish sonini kamaytirish uchun shaurma sotilishini umuman taqiqlash kerak”, - deb yozgan Jirinovskiy o‘z Telegram-kanalida.