O‘zbekistonda yana bir soha xodimlarining maoshi oshadi

Mazkur markaz xodimlari maoshlariga 200 foizgacha ustama haq to‘lanadi.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari xodimlarining maoshi oshadi.

Mirziyoyev o‘qituvchilar maoshi va nufuzini yanada oshirmoqda

O‘zbekiston prezidenti “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida” farmonga imzo chekdi.

2019 yil 1-sentabrdan boshlab:

-  rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarida ta’lim texnologiyalari kafedralari tashkil etiladi;

- mazkur markazlarida dars berayotgan professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar maoshining 30 foizigacha oylik ustamalar belgilanadi;

Tez yordam haydovchilari maoshi oshirildi

- mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun jalb qilingan mutaxassislar soatbay haq to‘lash miqdorining 20 foizigacha ko‘paytirilgan holda moddiy rag‘batlantiriladi;

- pensiya yoshidagi, uch yoshga to‘lmagan farzandi bor ayollar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar mazkur kurslarda masofaviy shaklda ta’lim olishi mumkin;

- markaz xodimlari maoshlariga 200 foizgacha ustama haq to‘lanadi.