Ukraina sudi Kirill Vishinskiyni qamoqdan ozod qildi

Sud "RIA Novosti Ukraina" portali rahbari Kirill Vishinskiyni ozod qildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Ukraina sudi "RIA Novosti Ukraina" portali rahbari Kirill Vishinskiyni qamoqdan ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Hibsga olingan jurnalist - Vishinskiy himoyasiga miting bo‘lib o‘tdi

Qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi shaxsiy kafillik chorasiga o‘zgartirildi. Jurnalist zimmasiga sud va tergovchining birinchi talabini bilan hozir bo‘lish majburiyati yuklandi.

Kirill Vishinskiy 400 kundan ortiq muddat davomida qamoqda saqlangan.

Vishinskiy ishi

Jurnalist o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donbass respublikalarini qo‘llab-quvvatlaganlikda va davlatga xiyonatda gumonlanmoqda. Unga 15-yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Vishinskiyning o‘zi barcha ayblovni yolg‘on va manipulyatsiya deb hisoblaydi. U "RIA Novosti Ukraina" portalida faoliyat yuritgan vaqtida Ukraina xavfsizlik xizmati biror marta e’tiroz bildirmaganini ta’kidlagan.

Sud majlislaridan birida jurnalist Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yordam so‘rab murojaat qilgan va Ukraina fuqaroligidan voz kechishini ma’lum qilgan.

Siyosatchilar "bulg‘angan haqiqat" uchun jurnalistlardan qanday o‘ch oladi?

Sud jurnalistga qo‘llangan ehtiyot chorasini bir necha marta uzaytirgan va sud majlisini boshqa kunga qoldirgan. Advokat va ko‘plab ekspertlar Ukraina prokuraturasi ataylab ishni olib borishni cho‘zmoqda deb hisoblashadi.

Vishinskiyning advokati Andrey Domanskiy ular jurnalistning begunohligini isbotlashda davom etishini ta’kidlagan.

Vishinskiyning sudgacha uzoq muddat hibsda qolayotgani Yevropada ham keskin e’tirozlarni keltirib chiqardi. "Jurnalistlar o‘z fikr va qarashlarini erkin bildirish va ziddiyatli voqeliklar haqida xabar berish huquqiga ega. Har qanday holatda ularni professional faoliyati uchun ta’qib ostiga olish kerak emas", - deb aytgan OBSE tashkilotining matbuot erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir.