Toshkentda savdo markazi qurilishida 4 kishi halok bo‘ldi

Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yangi qurilayotgan “Riviera” savdo majmuasining qurilish jarayonida metall konstruksiyaning qulashi sodir bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Bugun, 28-avgust kuni soat 13:18da Toshkent FVB navbatchilik qismining bergan birlamchi ma’lumotiga ko‘ra, Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida yangi qurilayotgan “Riviera” savdo majmuasining qurilish jarayonida metall konstruksiyaning qulashi sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, 4 nafar ishchi xodim vafot etgan va 2 nafari tan jarohat olgan. Hodisa joyiga FVV rahbariyati va shahar FVB xodimlari chiqishgan.