Soliqqa oid huquqbuzarliklarni aniqlashda yordam berganlarni rag‘batlantirish taklif qilindi

Soliq qo‘mitasi tasdiqlangan xabar uchun huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklarini sotishdan budjetga tushumlarning 5 foizi, biroq mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda (1,7 million atrofida) pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirishni taklif qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasi soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchun fuqarolarni rag‘latlashtirishni taklif qilmoqda. Tegishli qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot bergan jismoniy va yuridik shaxslar rag‘batlantiriladi:

- yashirin ishlab chiqarish sexlari;

- respublikaga kontrabanda yo‘llari bilan olib kelingan tovarlar, shuningdek, kontrafakt va tegishli hujjatlari bo‘lmagan tovarlarni ishlab chiqarish, tashish, saqlash yoki sotish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslar (obyektlar);

- soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilayotgan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash “sxema”lari;

Qoidabuzarlik qayd etilgan video uchun pul mukofoti to‘lanadi

- etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tashish, saqlash yoki muomalaga kiritish.

Davlat soliq qo‘mitasining my2.soliq.uz caytida yuborilgan reyestri shakllantiriladi.

Soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida saytga kiritilgan ma’lumotlarga maxsus kod beriladi (telefonga SMS xabar yuboriladi) hamda davlat soliq xizmati organlari tomonidan murojaatchining shaxsi sir saqlanishi ta’minlanadi.

Ma’lumot davlat soliq xizmati organiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi

Oldindan bila turib, qasddan yolg‘on va noto‘g‘ri axborotlar kiritilganlik holatlari aniqlanganda, qo‘mita qonunchilikka muvofiq muallifni javobgarlikka tortish haqida sud organlariga murojaat qiladi.

Qo‘mita tasdiqlangan xabar uchun budjetga tushgan bir oylik soliq va majburiy to‘lovlar, shuningdek, undirilgan moliyaviy jarimalar yoki huquqbuzarlardan olib qo‘yilgan tovar-moddiy boyliklarini sotishdan budjetga tushumlarning 5 foizi, biroq mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda (1,7 million atrofida) pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirishni taklif qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab jarima.uz sayti ishga tushdi. Ushbu saytga fuqarolar Yo‘l harakati qoidalari buzilgan holatlarni videoga qayd etib, jo‘natishlari mumkin. Xabar jo‘natgan shaxslar belgilangan tartibda rag‘batlantiriladi.