Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ilk sertifikatlarni topshirdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida boshlang‘ich ta’lim oldidan majburiy yillik maktabgacha tayyorlovdan o‘tgan bolalarga ilk guvohnomalarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. 27-avgust kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida boshlang‘ich ta’lim oldidan majburiy yillik maktabgacha tayyorlovdan o‘tgan bolalarga ilk guvohnomalarni topshirish marosimi  bo‘lib o‘tdi. Marosimda Maktabgacha ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Mirziyoyeva va Mirzo Ulug‘bek tumani  hokimi Shavkatbek Ergashev ishtrok etdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston hukumat qaroriga asosan bolalarni maktabga bir yillik majburiy tayyorlash loyihasi boshlangandi. Tajribaning dastlabki bosqichi Qorakalpogiston Respublikasi, Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida amalda tatbiq etilib, 11 ming nafar bolani qamrab oldi.

Shahnoza Mirziyoyeva bolalarga ilk sertifikatlarni topshirdi

Dastur maktabgacha yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga bormagan bolalar uchun  mo‘ljallangan. Loyiha  "Ilk qadam" dasturining bir qismi sifatida amalga oshiriladi va maktabda bir yillik majburiy tayyorgarlikni talab qilmaydi.

Birinchi bosqich yakunidan so‘ng, vazirlik butun respublika bo‘ylab maktabgacha bir yillik tayyorgarlikni boshlaydi.

Maktabgacha talim tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 2020-yilda 85,2 foizni, 2021-yilda 100 foizni tashkil qilishi kerak. Toshkentda esa yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni 100 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Kelgusida davlat tomonidan tasdiqlangan sertifikat mavjudligi birinchi sinflarga qabul qilish uchun muhim hisoblanadi. Hozirda ushbu masala Maktabgacha talim va Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilmoqda.