Dushanbe qoq markazida o‘zbek-tojik choyxonasi ochildi

Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston tadbirkorlari hamkorlikda “Do‘sti” (“Do‘stlik”) choyxonasini ochishdi.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston tadbirkorlari hamkorlikda “Do‘sti” (“Do‘stlik”) choyxonasini ochishdi. Choyxona Dushanbedagi “Koxi Navro‘z” saroyida joylashgan. Bu haqda Sputnik Tojikiston Avesta nashriga tayanib xabar qilmoqda.

Ushbu choyxona bir vaqtning o‘zida 400 kishiga xizmat ko‘rsatadi. Choyxonada faqat o‘zbek milliy taomlari tayyorlanadi.

Taomlar o‘zbekistonlik olti nafar mohir oshpazlar tomonidan tayyorlanadi.

Ta’kidlanishicha, “Do‘stlik” choyxonasining asosiy taomi maxsus retsent bilan tayyorlangan Toshkent palovi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dushanbe shahrida "Toshkent non kabob" nomli birinchi o‘zbek fast-fud tamaddixonasi ochilgani xabar qilingan edi.