TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Bugun 27-avgustdan boshlab Uzbekneftegaz yoqilg‘i quyish shoxobchalarida benzin narxi 200 so‘mga oshirildi, deb xabar qilmoqda Uznews.
"1 litr Ai-91 benzini 5300 so‘mdan 5500 so‘mgacha qimmatladi. Bu haqda UzNews.uz muxbiri xabar bermoqda", - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-avgustdan boshlab Ai-91 benzinining narxi birja savdolari orqali aniqlanmoqda. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 30-iyuldagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan edi.