Putin Erdo‘g‘onga Rossiyaning eng yangi samolyotlarni namoyish qildi

Putin va Erdo‘g‘on aviatsiya ko‘rgazmasida Su-57 va Su-35 qiruvchi samolyotlari, shuningdek Ka62 va Mi-38 vertolotlari hamda MS-21 yo‘lovchi laynerini tomosha qilishdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Toyyib Erdo‘g‘on Moskva viloyatida bo‘lib o‘tayotgan MAKS-2019 aviasalonida Rossiyaning eng yangi qiruvchi samolyoti Su-57 bilan yaqindan tanishishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Putin Erdo‘g‘onga Rossiyaning eng yangi samolyotlarni namoyish qildi

Ikki davlat rahbarlari zinapoyadan yuqoriga ko‘tarilib samolyot kabinasini ko‘zdan kechirishdi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari Rossiya va Turkiya mudofaa vazirlari hamrohligida suhbatni davom ettirishdi, deyilgan xabarda.

Putin Erdo‘g‘onga Rossiyaning eng yangi samolyotlarni namoyish qildi

MAKS-2019 aviatsiya ko‘rgazmasida Turkiya rahbariga Su-35 qiruvchi samolyoti hamda, o‘rta o‘lchamli Ka-62 hamda og‘ir o‘lchamli Mi-38 vertolotlari namoyish etildi. Putin va Erdo‘g‘on Vb-38 og‘ir vertolotining ichiga kirib tomosha qilishdi.

Shundan so‘ng davlat rahbarlari Be-200 amfibiya-samolyotini ko‘zdan kechirishdi. Vladimir Putin hamkasibiga ushbu samolyot xususiyatlari haqida shaxsan hikoya qilib berdi.

Putin Erdo‘g‘onga Rossiyaning eng yangi samolyotlarni namoyish qildi

Ko‘rgazmada prezidentlar Rossiyaning eng yangi fuqaro layneri - MS-21ni ham ko‘zdan kechirishdi. Putin va Erdo‘g‘on ushbu tor fuzleyajli o‘rta masofalarga mo‘ljallangan samolyot saloni va kabinasini ko‘zdan kechirishdi.

Putin Erdo‘g‘onga Rossiyaning eng yangi samolyotlarni namoyish qildi