O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligi xodimlari uchun arzon uy-joylar quriladi

Qaror bilan qo‘mita tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari 1,5 koeffitsiyentga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Respublikada o‘rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan:

- o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi;

Rishtonda 1000 ta arzon uy quriladi

- qo‘mita tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlari xodimlarining lavozim maoshlari 1,5 koeffitsiyentga oshiriladi.

Qarorga ko‘ra, oliygohlarning o‘rmonchilik yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan paytda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan talabalarning to‘lov-kontrakt pullari keyinchalik Qo‘mita tizimidagi tashkilotlarda kamida 5-yil ishlab berish sharti bilan to‘lab beriladi.

Shuningdek, soha xodimlarini imtiyozli shartlarda turar joy bilan ta’minlash maqsadida Darxon ilmiy-tajriba stansiyasi hududida ko‘p qavatli arzon uy-joylar quriladi.

Qaror bilan 2020–2024 yillarda o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.