Yo‘qotilgan Iskandariya: O‘zbekiston butun dunyoga Zulqarnayn davridagi shaharni ko‘rsatdi

Sputnik

Termizda bo‘lib o‘tgan xalqaro forumda olamshumul yangilik e’lon qilindi. Bir necha ming yillar davomida faqat tarixiy kitoblarda nomi tilga olingan – Oks Iskandariya shahri topilgani dunyoga ma’lum qilindi.

Oks Iskandariyasi, ya’ni Amudaryo bo‘yidagi Iskandariya shahri, Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan Yunon-Baqtriya davlatining sharqiy himoya qal’asi hisoblangan. Oks Iskandariyasining gullab-yashnagan davri, eramizdan oldingi  III – II asrlarga to‘g‘ri keladi.

Ura hayqiriqlari ostida yo‘qolgan Iskandariya butun dunyoga taqdim etildi

2 ming yildan ortiq ushbu shahar qayerda joylashganini hech kim aniq bilmagan. O‘zbekistonlik arxeolog olim Edvard Vasilyevich Rtveladze Oks Iskandariyasining dastlabki nishonalarini 2007-yilda Termiz yaqinidagi Kampirtepa qo‘rg‘onidan topgan edi.

Noyob majmua qal’a va tuzilishiga ko‘ra amfiteatrni eslatuvchi, atrofini o‘rab turuvchi binolardan iborat. Shahar nafaqat minorali devorlar, balki chuqur xandaqlar bilan ham mustahkamlangan. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, qal’a gullab-yashnagan davrda bu yerda qariyb 900 nafar aholi istiqomat qilgan. Ikkinchi asrning o‘rtalarida Amudaryoning sathi keskin ko‘tarilgandan so‘ng odamlar bu yerni tark etgan.

Oks Iskandariyasi haqidagi olamshumul kashfiyot qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi

Sputnik O‘zbekiston fotojamlanmasida shaxsan Iskandar Zulqarnayn asos solgan shahar hozirda qanday ko‘rinishga egaligini tomosha qilishingiz mumkin.

1 / 20
25 avgust kuni O‘zbekiston Termizdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan Kampirtepa shaharchasini Oks Iskandariyasi deb e’lon qildi.
2 / 20
Oks Iskandariyas, ya’ni Amudaryo qirg‘og‘idagi Iskandar Zulqarnayn qal’asidir.
3 / 20
Kampirtepadagi arxeologik qazishmalar qirq yildan ko‘proq vaqt davomida — 1978-yildan beri davom etmoqda. Unga akademik Edvard Rtveladze boshchilik qilmoqda.
4 / 20
Ura hayqiriqlari ostida yo‘qotilgan Iskandariya butun dunyoga taqdim etildi
5 / 20
Noyob majmua qal’a va tuzilishiga ko‘ra amfiteatrni eslatuvchi, atrofini o‘rab turuvchi binolardan iborat.
6 / 20
Shahar nafaqat minorali devorlar, balki chuqur xandaqlar bilan ham mustahkamlangan.
7 / 20
Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, qal’a gullab-yashnagan davrda bu yerda qariyb 900 nafar aholi istiqomat qilgan.
8 / 20
Avvaliga Rtveladze bu hududda qadimiy Pandahiyon manzilgohi joylashgan, deb taxmin qilgan, ammoko‘p izlanishlardan so‘ng ushbu joy bir necha ming yillik port-shahar — Oks Iskandariyasi ekanligi isbotlangan.
9 / 20
Hisob-kitoblarga ko‘ra, qal’a gullab-yashnagan davrda bu yerda qariyb 900 nafar aholi istiqomat qilgan.
10 / 20
Ikkinchi asrning o‘rtalarida Amudaryoning sathi keskin ko‘tarilgandan so‘ng odamlar bu yerni tark etgan.
11 / 20
Ochilish marosimida surxondaryolik baxshi Iskandar Zulqarnayn haqida doston kuyladi.
12 / 20
Konferensiya ishtirokchilari Kampirtepadan tashqari Fayoztepa va Qoratepadagi budda ibodatxonalariga tashrif buyurishdi.
13 / 20
Budda g‘or ibodatxonalari majmuasi Markaziy Osiyodagi eng yiriklardan hisoblanadi.
14 / 20
Budda g‘or ibodatxonalari majmuasi Markaziy Osiyodagi eng yiriklardan hisoblanadi.
15 / 20
Xonalarda chiroq uchun maxsus qurilgan tokchalar mavjud.
16 / 20
Termiz Arxeologiya muzeyidagi budda haykali.
17 / 20
Termiz Arxeologiya muzeyida ko‘p ming yillik tarixga ega durdonalar saqlanadi.
18 / 20
Rossiya imperiyasida zarb qilingan tangalar.
19 / 20
Qadimiy Buxoroning qog‘oz pullari.
20 / 20
Kushon sulolasi davriga oid haykal.