Vaqt mashinasi: Abduhakimov O‘zbekistonning eng yaxshi muzeyiga fuqarolarni chorlamoqda

O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov barcha O‘zbekiston fuqarolarini Termiz arxeologik muzeyiga chorlamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. O‘zbekiston bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov barcha O‘zbekiston fuqarolarini Termiz arxeologik muzeyiga chorlamoqda, deb xabar kildi Sputnik muxbiri.

Abduxakimovga ko‘ra, muzey vaqt mashinasi vazifasini bajaruvchi bir maskan.

Bu yerga kelgan har bir fuqaro ushbu arxeologiya muzeyida to‘plangan va namoyish etilayotgan arxeologik topilmalarni tomosha kilishi barobarida xayolan albatta o‘tmishga aytadi va haqiqiy o‘zligini xis etadi.

“O‘zini madaniyatli deb bilgan har bir O‘zbekiston fuqarosi albatta Termizga kelishi va arxeologik muzeyda bo‘lishi shart, deb hisoblayman. Bu yerda xali bo‘lishga ulgurmagan fuqarolarimizga ham albatta vaqt va imkoniyatlarini ayamasdan, muzeyga kelishlarini tavsiya etardim”, - dedi Abduxakimov.

Muzeyda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov va hozirgi prezidenti Shavkat Mirziyoyevlar ham bo‘lishgan va muzey tashrif kitobida uz dastxatlarini qoldirishgan.