“Toshkent-Xo‘jakent” tezurar poyezd qatnovi bekor qilindi

2019 yil 24-avgustdan Toshkent-Xo‘jakent-Toshkent yo‘nalishidagi 6727/6728-sonli tezurar elektrichkalar qatnovi bekor qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. “Toshkent-Xo‘jakent-Toshkent” tez yurar elektrichkalar qatnovi bekor qilindi, deb xabar qildi “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati.  

Xabarda aytilishicha, Toshkent viloyatining so‘lim go‘shalarida dam olish mavsumi tugab, yo‘lovchilar sonining kamayganini inobatga olib, 2019-yil 24-avgustdan Toshkent-Xo‘jakent-Toshkent yo‘nalishidagi 6727/6728-sonli tezurar elektrichkalar qatnovi bekor qilindi.