Tez yordam haydovchilari maoshi oshirildi

Hujjat bilan tibbiy xizmat avtomobillari haydovchilarining oylik ish haqi oshirilishi nazarda tutildi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. “Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Budjet hisobidan tibbiy yordam ko‘rsatiladigan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

Mazkur hujjat bilan tibbiy xizmat avtomobillari haydovchilarining oylik ish haqi oshirilishi nazarda tutildi.

Avvalgi tartibdan farqli ravishda, endilikda, tibbiy xizmat avtomobillari haydovchilari belgilangan umumiy razradga nisbatan bir razrad yuqori miqdorda oylik ish haqi oladi.

Ushbu hujjat 2019-yil 26-avgustdan kuchga kiradi.