Mustaqillik kuni bayram tadbirlari qayerda o‘tkaziladi?

Toshkent shahar hokimligi Mustaqillik bayrami munosabati bilan poytaxtda o‘tkaziladigan xalq sayillari haqida ma’lumot berdi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi Mustaqillik bayrami munosabati bilan poytaxtda o‘tkaziladigan xalq sayillari haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuni munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati Sayilgoh ko‘chasi, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri, Xalqlar do‘stligi san’at saroyi, Baynalminal madaniyat markazi binosining old maydonida, 11 ta tuman markazlarida hamda barcha istirohat bog‘larida xalq sayillari o‘tkaziladi.

Shuningdek, o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida mushakbozlik tomoshalari ham bo‘lib o‘tadi.