Erigan muzqaymoq: iqtisodchi sentabrda dollar pasayishini bashorat qildi

Iqtisodchi yaqin uch hafta ichida dollar zaiflashishda davom etishini ta’kidladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 avg – Sputnik. Valyuta bozoridagi harakatlanuvchi kuch AQSh Federal Rezerv foizlarining pasayishi bo‘ladi, deb ma’lum qildi TeleTrade bosh tahlilchisi Petr Pushkarev “Rossiyskaya gazeta” nashriga.

Valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

“Deyarli butun bozor mubolag‘asiz keyingi uchrashuv (Fedrezerv - tahr.) bunday natijasini kutmoqda. Bu shuni anglatadiki, agar Fed. birjalarni pasaytirishni istamasa, federal mablag‘lar stavkasi 1,75-2,00% oralig‘ida uni ixtiyoriy ravishda tushirishga to‘g‘ri keladi”, - dedi ekspert.

Iqtisodchi yaqin uch hafta ichida dollar zaiflashishda davom etishini ta’kidladi.

“Dollar, tarelkadagi erigan muzqaymoq singari, asta-sekin pasayib boradi”, - dedi Pushkarev.

Mutaxassis ta’kidlashicha, avgust oxirgi kunlari va sentabr boshlarida Rossiya aholisi dollarni yuqori kurs bilan almashtirish uchun so‘nggi imkoniyatlardan biriga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, kelgusi bir-ikki yil yevro Rossiyada barqarorlikka erishadi va 70 rubl atrofida saqlanadi.