Ayollar va erkaklar nikoh yoshi tenglashtirildi

O‘zbekiston Senati ayollar va erkaklar oila qurishi mumkin bo‘lgan yosh - 18 deb belgiladi.
Sputnik

TOShKENT, 24 avg - Sputnik. O‘zbekistonda ayollar va erkaklar nikoh yoshi tenglashtirildi -  O‘zbekiston Senati 24-avgust kuni Oila kodeksiga kiritilgan bir necha o‘zgarishlarni tasdiqladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Senat axborot xizmatiga asosan.

“Senat Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarni tasdiqladi. Bundan buyon erkaklar va ayollar nikoh qurishi mumkin bo‘lgan yosh - 18 ga teng bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Yangi qonun prezident imzolaganidan so‘ng kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda oldin amal qilgan oila kodeksiga muvofiq nikoh yoshi erkaklar uchun 18, ayollar uchun esa – 17 deb belgilangan edi. Qonunchilikdagi ushbu nomuvofiqlikni tenglashtirish haqidagi takliflar bir necha yildan buyon kirtib kelayotgan edi. Xususan, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva tomonidan ham.

Norboyeva Sputnik muxbiriga ushbu tengsizlik eski zamondan qolgan duyoqarash asosida paydo bo‘lganini va bugungi kunda O‘zbekiston yoshlari erta nikoh qurishga shoshilmayotganini ma’lum qilgan edi.