TOShKENT, 25 avg - Sputnik. Shahram G‘iyosov kolumbiyalik bokschi Darley Peresni 30 soniyada mag‘lub qilib, WBA xalqaro chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Meksikaning Ermosilo shahrida bo‘lib o‘tgan jangda Shahram G‘iyosov chap qo‘li bilan bergan kuchli zarbasi raqibini nokautga uchratdi. 9 soniyada raqib o‘rnidan turgan bo‘lsada, hakam jangni to‘xtatib Shahram G‘iyosovni g‘olib deb e’lon qildi.
Kolumbiyalik bokschi Darley Peres 1 o‘rta-yengil vazn toifasida kurashuvchi tajribali professional bokschi hisoblanadi. 2014-yilda WBA bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan, 2015-yilda britaniyalik Entoni Krollega chempionlik unvonini boy bergan edi.