O‘zbekistonda alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchilarning litsenziya muddati uzaytirildi

Mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan faqatgina yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. O‘zbekistonda alkogol va tamaki ishlab chiqaruvchilarning litsenziya muddati uzaytirildi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.

Alkogol va tamaki mahsulotlariga yangi aksiz markalari joriy etiladi

Qarorga ko‘ra, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ilgari berilgan litsenziyalar 2020-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

Mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan faqatgina yuridik shaxslar shug‘ullanishi mumkin.

Mazkur faoliyat bo‘yicha Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi litsenziyalovchi organ hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatda 2019-yil 1-oktabrdan alkogolli mahsulotning aksiz solig‘i stavkasi o‘rta hisobda 10 foizga, tamaki mahsulotining aksiz solig‘i stavkasi 20 foizga oshirilishi xabar qilingan edi.