Test natijalari bo‘yicha apellyatsiya berish tartibi qanday?

O‘zbekistonda test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi. Natijalardan qoniqmagan va o‘z bilimiga ishonganlar apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga egalar.
Sputnik

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Adliya vazirligi test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar test natijalari e’lon qilingandan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo‘lgan muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga egaligini eslatib o‘tdi.

Apellyatsiya shikoyatini berilgand an so‘ng  abituriyentga xabarnoma yuborilishi, bunda u xabarnomada belgilangan kunda pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

O‘zbekistonda test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Shikoyat apellyatsiya komissiyasi tomonidan abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Abituriyentga javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida berilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.

Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent har bir noto‘g‘ri test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi.

Komissiya apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda abituriyent murojaat qilganda unga ushbu qarordan ko‘chirma beriladi.