Rossiya suvosti kemalari “Bulava” va “Sineva” ballistik raketalarini ishga tushirdi

“Tula” va “Yuriy Dolgorukiy” suvosti kemalari muvaffaqiyatli ravishda nishonlarni yo‘q qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Rossiyaning “Tula” va “Yuriy Dolgorukiy” suvosti kemalari “Bulava” va “Sineva” ballistik raketalarini ishga tushirdi.

Raketalar Shimoliy muz okeandagi qutb hududi va Barens dengizidan ishga tushirilgan.

Ta’kidlanishicha, ishga tushirilgan raketalar Arxangelsk viloyatidagi “Chija” va Kamchatka yarim orolidagi “Kura” poligonlaridagi o‘quv nishonlarini muvaffaqiyatli yakson qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ishga tushirish vaqtida raketalarning texnik xususiyatlari va kema raketalari majmuasi tizimining ishlash qobiliyati tasdiqlanganini ta’kidlagan.