Buxoroda haydovchi ayol va uning 2 yashar qizining umriga zomin bo‘ldi

Haydovchi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayol va uning 2 yashar qizini urib yubordi.
Sputnik

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Buxoroda haydovchi piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan ayol va uning 2 yashar qizini urib yubordi.

Toshkentda haydovchi 5 yoshli bolani urib yubordi

IIV xabariga ko‘ra, Nexia haydovchisi G‘ijduvon tumanida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodalar, “Vazirshox” MFYda yashagan 31 yoshli F.N. ismli ayol va uning 2 yashar qizi Sh.M.larni urib yuborgan.

Natijada piyoda ona voqea joyida va qizaloq kasalxonada vafot etganlar.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.