Qashqadaryoda fuqaro 78 yashar buvisiga temir bo‘lagi bilan jarohat yetkazdi

Mujchina stoit s jeleznim prutom. Illyustrativnoe foto
Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro janjal vaqtida yoshi bir joyga borib qolgan buvisining boshiga temir bo‘lagi bilan urdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Qashqadaryoda 78 yashar buvisiga temir bo‘lagi bilan jarohat yetkazgan nabira qo‘lga olindi.

Pila
Toshkentda haydovchi o‘zaro janjalda ikki kishini arra bilan jarohatladi

IIV xabariga ko‘ra, Shahrisabz tumanida yashovchi 31 yoshli A.N. Ammog‘on qishlog‘ida  yashovchi buvisi, nafaqaxo‘r, 78 yoshli M.A.ning uyida buvisi bilan janjallashib qolgan. Janjal vaqtida uning boshiga temir bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan.

Natijada M.A. kasalxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.N. ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.