Yangi Zelandiya parlament raisi qo‘lida chaqaloq bilan yig‘ilishni olib bordi - video

Yangi Zelandiya parlament raisi Trevor Mallard qo‘lida chaqaloq bilan yig‘ilishni o‘tkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Yangi Zelandiya parlament raisi Trevor Mallard qo‘lida chaqaloq bilan yig‘ilishni o‘tkazdi.

Bu holat ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini juda quvontirdi.

The Guardian yozishicha parlament yig‘ilishi 21-avgustda o‘tkazildi. Unda 65 yoshli spiker Mallard yig‘ilishda olti haftalik bolaga qaradi.

Mallardning so‘zlariga ko‘ra, chaqaloqning otasi - deputat xotirjam ravishda o‘z vazifasini bajarishi uchun buni amalga oshirdi.

Majlislar zalida turli qonunchilik tashabbuslari muhokama qilingan vaqtda parlament raisi bolani sutli aralashma bilan oziqlantirdi va u bilan o‘ynadi.

“Odatda, spiker kursida faqat parlament raisi o‘tiradi, lekin bugun men bilan VIP-mehmon o‘tirdi. Oilani yangi a’zosi bilan tabriklayman”, - deb yozdi Mallard Twitter’ sahifasida.