Toshkent va Moskva 29,6 mln dollarlik shartnoma imzoladi

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida ikki davlat ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Toshkent va Moskva umumiy qiymati 29,8 mln dollarlik shartnoma imzoladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.

Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Moskva shahriga tashrifi davomida O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasida ikki davlatning ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlari o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qator loyihalarni ko‘rib chiqishdi.

“Muhokamalar yakuni bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 29,8 mln. AQSh dollari miqdoridagi shartnomalar imzolandi”, - deyiladi xabarda.

Toshkent va Moskva 29,6 mln dollarlik shartnoma imzoladi

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasida bo‘lishdi hamda shaharning boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Moskvada Toshkent kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilgan edik.