Senat ayollarni tazyiqlardan himoyalash to‘g‘risida qonunni ma’qulladi

Qonunda belgilanishicha, xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida hamda boshqa joylarda tazyiqlar va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish ta’minlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

“Ishonch telefoni”ga xotin-qizlardan 15 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushdi

Qonunda belgilanishicha,  xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta’lim muassasalarida hamda boshqa joylarda tazyiqlar va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish ta’minlanadi.

Ma’qullangan yangi qonunga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi tahdid haqida tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish, bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish kabi huquqlarga ega.

Ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorlandi

Bu hollarda jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy hamda ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat etganida davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 23-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.