Rep xonanda San Jay Alisher Usmonovga atab qo‘shiq kuyladi – video

O‘zbekistonlik rep xonanda San Jay (Sanjar Djavberdiev) Alisher Usmonovga atab qo‘shiq kuyladi.
Sputnik

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. O‘zbekistonlik rep xonanda San Jay  (Sanjar Djavberdiev) Alisher Usmonovga atab qo‘shiq kuyladi.

Xonanda Instagram sahifasida video joylashtirib, bu qo‘shiq Usmonovning tavallud kuniga yozilganligini ta’kidladi.

Qayd etish kerakki, Alisher Usmonov 66 yoshini 9-sentabrda qarshilaydi. Xonanda ta’kidlanishicha, bu qo‘shiqning dastlabki (demo) versiyasi yozildi.   

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov  "USM Holding" aksiyadorlik jamiyati ta’sischisi va rahbari, “Metalloinvest”, “Megafon” kompaniyalarini nazorat qiladi va Mail.Ru Group hissadori hisoblanadi. Forbes jurnali reytingida 1,1 milliard dollar daromad bilan beshinchi o‘rinni egalladi.