Energetika vazirligi 40 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘marilganini aniqladi

O‘zbekistonda 1 ming 763 nafar iste’molchi hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 avg – Sputnik. O‘zbekistonda 2019-yilning 1-yanvaridan 15-avgustiga qadar, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy tarzda foydalanilgan gaz miqdori 39 mln. 780 ming kub. metrni,  ya’ni 40 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Enegetika vazirligi xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1 ming 763 nafar iste’molchi hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgani aniqlangan.

Energetika vazirligi 40 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘marilganini aniqladi

Birgina avgust oyining birinchi 15 kunida tegishli hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelgan 187 ta ulgurji iste’molchi aniqlangan bo‘lib, noqonuniy foydalanilgan gaz hajmi 3 mln. 200 ming kub. metrni, shunindek 3 mlrd. sumni tashkil etgan.

Energetika vazirligi 40 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘marilganini aniqladi

Xabarda Navoiydagi pishgan g‘isht ishlab chiqaruvchi “Bahor Inter Aziya” korxonasi, Surxondaryodagi “Jarqo‘rg‘onneft” , Buxorodagi “Qirobod mavjlari” MChJ, Toshkent shahridagi “Orbita globus» MChJ, Toshkent viloyatidagi “Domteks” MChJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh etilgan qayd etilgan.